ALLYUVIY

ALLYUVIY (lotincha alluvio — oqiziq), allyuvial yotqiziqlar — oqar suvlar (daryo, irmoq va boshqalar) bilan oqib kelib to’plangan yotqiziqlar. Allyuviy daryolarning o’zani, qayir qismi va vodiydagi terrasalarni hosil qiladi; ko’pgina kontinental cho’kindi formasiyalarning shakllanishida muhim rol o’ynaydi. Allyuvial yotqiziqpar qalinligi suv oqimining katta-kichikligiga bog’liq; katta tekisliklardagi Allyuviy ning qalinligi 10-20 metrga, kengligi esa bir necha o’n km gacha boradi. Bu yotqiziqlar yuqori unumdor har xil tuproqlar (o’tloqi, o’tloqi-botqoq va botqoq) uchun ona jins bo’lib xizmat qiladi. Allyuvial yotqiziqlardan tashkil topgan hududlardan qishloq xo’jaligida keng foydalaniladi. Qum-qumoqli va shag’alli allyuviydagi tuproqlarda o’rmon daraxtlari o’stirish va bog’dorchilikni rivojlantirish, qumoq cho’kindili qayir va allyuvial terrasalarda esa vo’za, sabzavot hamda yem-xashak ekinlarini etishtirish mumkin. Allyuvial yotqiziqlardagi tuproqlar unumdor bo’lishiga qaramay o’g’itlarga, ayniqsa, kaliyli o’g’itlarga juda talabchan.