Aloqa yo’ldoshlari nima?

Aloqaning kabelli liniyalarini o’tkazishning iloji bo’lmagan yoki buning uchun yirik mablag’lar talab etiladigan joylarda radioto’lqinlar yordamida aloqa o’rnatiladi. Buningdek to’lqinlarning tarqalishi yorug’likning tarqalishiga o’xshaydi va bamisoli yorug’lik singari aks etadi. Aloqa yo’ldoshlarining ishi ham radioto’lqinlarning ana shu xossasiga asoslanadi. «Aks-sado — 1» degan birinchi aloqa yo’ldoshi xuddi sharga o’xshaydi, u yupqa alyuminiy tunuka bilan qoplangan. Bu aloqa yo’ldoshi yer kurrasi atrofida 2000 kilometrga yaqin balandlikda aylanib yuradi. Yerdan yuborilgan radioto’lqinlar uning sirtiga tegib, orqaga qaytadi. Xuddi shu yo’ldosh tufayli televizion ko’rsatuvlarni ilk marta butun dunyo miqyosida olib ko’rsatish imkoniyati tug’ildi. Undan keyin yanada mukammalroq «Tellstar» va «reldi» aloqa yo’ldoshlari uchirildi. Ular yerdan 5000 kilometrdan ortiqroq balandlikda joylashgan. Bu yo’ldoshlar ma’lumotlarni qabul qiladi, magnit tasmalariga yozib oladi, tasvirni kuchaytiradi va qayta ishlab tag’in yerga qaytaradi. Biroq bu yo’ldoshlarning kamchiligi shundaki, ular yer atrofida sekin aylanar edi, shu sababli radiosingallarni ishonch bilan qabul qilish hududi u qadar katta emas edi. «Sinkom» va «saharxez qushcha» deb atalgan navbatdagi aloqa yuldoshlari ancha takomillashgan edi. Ularning tezligi va aylanish yo’nalishi yer aylanishining tezligi va aylanish yo’nalishiga aniq mos keldi. Xuddi shu sababli bir vaqtning o’zida 12 ta teledastur va 6000 telefon gaplashuvlarini yo’ldoshlar orqali qabul qilish imkoniyati paydo bo’ldi. Hozirgi paytda yer atrofidagi orbitalarda turli mamlakatlar tomonidan uchirilgan o’ndan ortiq aloqa yo’ldoshlari ishlab turibdi.