ALPINIZM

Baland tog’larning ulug’vor manzarasi: bahaybat qoyalar, qor va muz bilan qoplangan, havo ochiq kunlarda olisdan kumushday yarqirab ko’rinadigan osmono’par cho’qqilar ko’p zamonlardan beri odamlarni o’ziga maftun etib keladi. Juda ko’p kishilar qorli cho’qqilarga ko’tarilishga harakat qilganlar, ammo ulaming bu urinishlari muvaffaqiyatsiz tugagan. 1786-yili shveytsariyalik ikki kishi birinchi marta Alp tog’ining (Yevropadagi eng baland tog’) Monblan cho’qqisiga ko’tarildi. Shu vaqtdan boshlab chiqish qiyin bo’lgan tog’ cho’qqilariga ko’tarilish alpinizm deb ataladigan bo’ldi. Alpinist bo’lish oson emas. Buning uchun avval uzoq va qunt bilan m ashq qilish, marshrutlarni o’rganish kerak, asta-sekin chiqish uncha qiyin bo’lmagan tog’larni, so’ngra qiyinroq marshrutlarni tanlash lozim. Shundan keyingina yuksak cho’qqilar sari otlanish mumkin. Alpinistlar boshqa kishilar chiqa olmaydigan joylarda bo’ladilar. Masalan, aytaylik, tog’da biror baxtsizlik yoki avariya ro’y berdi. U yerga eng zamonaviy vertolyot ham qo’na olmaydi. Faqat alpinistlargina u yerga ko’tarila oladilar. Alpinistlarning maxsus anjomlari bo’ladi. Bu anjomlarga shamol, yomg’ir va qordan saqlaydigan kiyim, tishli poyabzal, arqon, muzliklar ustiga chiqayotganda oyoq qo’ymoq uchun muzni o‘yib, pillapoya qiladigan boltacha, oyoq kiyimiga mahkamlanadigan maxsus ilg’ak, qoya va muzliklarga ilinadigan ilg’ak, bolg’acha, chodir, uxlash uchun qopko’rpa kiradi. Alpinistlar tog’ cho’qqilariga ko’tarilish bilan birga ilmiy tadqiqot ishlarini ham olib boradilar. Ular baland tog’larda joylashgan meteorologik stansiyalarda ishlaydilar, tog’larda quriladigan gidroelektr stansiya qurilishlarida quruvchilarga yordam beradilar. 7 ming metrdan yuqori bo’lgan balandliklarga ilmiy apparatlarni o’rnatadilar. Alpinizm mamlakatimizda keng tarqalgan. O’rta Osiyodagi barcha eng baland tog’ cho’qqilari alpinistlarimiz tomonidan zabt etilgan. Xizmat ko’rsatgan sport ustasi, muhandis-konstruktor V. M. Abalakov, uning ukasi, haykaltarosh У. M. Abalakov birinchi bo’lib Pomirga ko’tarilganlar. Pomirdagi baland cho’qqilardan biri «Y. Abalakov cho’qqisi» deb ataladi. Tyanshan, Pomirning eng baland «Do’stlik» (6800 metr), «Izvestiya» (6840 metr), «G’alaba» (7439 metr), Ismoil Somoniy (7495 metr) cho’qqilarini o’zbekistonlik alpinistlar birinchi bo’lib zabt etganlar. 1998-yil 22-may kuni o’zbek alpinisti Rustam R ajabov O’zbekistonda birinchi bo’lib jahondagi eng baland Jomolungma (Everest) cho’qqisini (8848 metr) zabt etdi va u yerga O’zbekiston Davlat bayrog’ini qadadi. Uning ketidan Oleg Grigoryev, Sergey Sokolov, Xanif Balmagambetov, Svetlana Baskakova, llyos Tuxvatullin, Andrey Fyodorov, Marat Usayev, Roman Mats, Andrey Zaykin, Aleksey Dokukin cho’qqiga ko’tarildilar (ekspeditsiya rahbari Anatoliy Shabanov). Zabtkorlarimiz bu g’alabani O’zbekiston Respublikasining 7 yillik bayramiga bag’ishladilar. Alpinistlar bu jasorati uchun Vatanimizning yuksak mukofotlari bilan taqdirlandilar.