ALT
ALT (italyancha alto — yuqori, baland) — ovoz va soz turi; 1) xor yoki vokal ansamblda partiya, xonanda bolalar yoki ayollar (messo-soprano, kontralto) ning past (yo’g’on) ovozi. Tenordan yuqori yoziladi; 2) xonanda o’g’il bolalarning past (yo’g’on) ovozi; 3) skripkasimon sozlar guruhiga mansub 4 torli kamonli soz, shaklan skripkadan kattaroq, kvinta past sozga ega. Alt turli ansambllarda va simfonik orkestrda jo’rnavoz va yakkanavoz soz sifatida ishlatiladi; 4) Alt yoki altgorn — puflama sozlar orkestridagi mis soz; 5) orkestr sozlarining Alt turlari: domra- Alt, klarnet- Alt, trombone Alt va boshqalar. Ayrim o’zbek xalq cholg’ulari (dutor, Sato, afg’on rubobi) ning diapazoni Alt diapazoniga to’g’ri keladi. O’zbek xalq cholg’ulari orkestri tarkibidan yangi yaratilgan dutor- Alt va g’ijjak- Alt o’rin olgan. O’zbekistonda o’tkaziladigan torli sozlar ijrochilari tanlovida Alt ijrochilari ham qatnashadi. O’zbekiston kompozitorlari torli Alt uchun yirik asarlar yaratishgan (masalan, B. Zeydmanning Alt va simfonik orkestr uchun 1-2-kontsert, Alt va fortepiano uchun kontsertinolari; HAB. Rahimovning Alt va orkestr uchun kontserti, Alt Kozlovskiyning g’ijjak-, Alt va fortepiano uchun sonatasi va boshqalar).