ALTUNIN STEPAN TITOVICH
ALTUNIN STEPAN TITOVICH (1904.20.7, Rossiya, samara viloyati Klyavlin tumani — 1959.14.12, Toshkent) — injenergidrotexnik, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi muxbir a’zosi (1956), texnika fanlari Doktori (1948), professor (1949), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan irrigator (1949). Moskva suv xo’jaligi injenerlari institutini tugatgan (1931). O’rta Osiyo irrigasiya ilmiy tadqiqot institutida katta ilmiy xodim va daryolar oqimini tartibga solish guruhi rahbari (1934-42). O’zbekiston Suv xo’jaligi vazirligida katta injener va ishlab chiqarish tadqiqotlari guruhi rahbari (1944— 46). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi inshootlar va qurilish materiallari institutining gidrotexnika sektori rahbari (1946— 56). 1956 yildan O’zbekiston Fanlar Akademiyasi suv muammolari va gidrotexnika institutida laboratotiya rahbari. Manbalardan suv olish bo’yicha yangi konstruktsiyalar yaratdi va uni joriy qildi.