ALYOXIN ALEKSANDR ALEKSANDROVICH

ALYOXIN ALEKSANDR ALEKSANDROVICH (1892.20.10, Moskva – 1946.24.3, Lisabon yaqini, Parijda dafn qilingan) — rus shaxmatchisi, huquqshunoslik Doktori. 4 marta jahon (1927-35; 1937-46), RSFSR (1920) chempioni. 1921 yildan Frantsiyada yashagan. U «Alyoxin himoyasi» debyutini ishlab chiqqan. Alyoxin taxtaga qaramay o’ynash bo’yicha jahonda tengsiz shaxmatchi. Alyoxin ijod qilgan partiyalar, nazariytanqidiy asarlar hamon shaxmatchilar tomonidan o’rganiladi.