ALYUMINIY
ALYUMINIY (Aluminium), Alyuminiy Mendeleev davriy sistemasining III guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 13, at. m. 26,9815; Alyuminiy lotincha alumen (achchiqgosh) so’zidan kelib chiqqan. Tabiatda bitta barqaror izotop holida (ag’ 100%) uchraydi, bir necha sun’iy radioaktiv izotoplari bor, ular orasida eng ahamiyatlisi A12′ (yarim yemirilish davri 7,4-105 yil). Alyuminiy yer po’stining og’irlik jihatdan 8,8%ini tashkil etadi, ya’ni u kislorod va kremniydan keyin uchinchi, metallar ichida esa birinchi o’rinda turadi. Metall holidagi Alyuminiyni birinchi marta 1825 yil X. K. Ersted topgan. Alyuminiy tabiatda sof holda uchramaydi, uning eng ko’p uchraydigan birikmalari: alyumosilikatlar (masalan, tuproqning asosiy qismi bo’lgan alyumosilikat, kaolin, andaluzit, alunit minerali), korund (alyuminiy oksid) va boksit. O’zbekistonda shulardan kaolin (Toshkent viloyati) va boksit (Navoiy va Farg’ona viloyatlari) topilgan. Alyuminiy giltuproq (A12O,)ni kriolit (Na3AlF6) bilan suyuqlantirib, elektroliz qilish yo’li bilan olinadi. Giltuproq esa asosan boksitdan olinadi. O’zbekistonda Angren kaolinidan ham giltuproq olish mumkinligi aniqlangan. Alyuminiy kumushday oq metall, Allotropik shakl o’zgarishlari yo’q. Suyuqlanish temperaturasi — 660′, qaynash temperaturasi 2500° atrofida, sof og’irligi 2,6989. Alyuminiy plastik, oson presslanuvchan, bolg’alanuvchan, qoliplanadigan, cho’ziladigan metall. Alyuminiy barcha barqaror birikmalarida 3 valentli, yuqori temperaturada ba’zan 1, kamdankam hollarda 2 valentli bo’lishi mumkin. Alyuminiy sirka, vino, limon kislotalari va boshqa organik moddalar ta’siriga turg’un. Alyuminiy kislorod bilan tez birikadi, shu sababli uning usti hamisha oksid pardasi bilan qoplangan bo’ladi; oksid pardasi zich bo’lganidan u Alyuminiyni zanglashdan va turli moddalar ta’siridan saqlaydi. Alyuminiy kukuni shiddat bilan yonadi, yuqori temperaturada galogenlar bilan birikib, Alyuminiy ftorid (A1F3), Alyuminiy xlorid (A1S13), Alyuminiy bromid (A1vg3), Alyuminiy yodid (A1J3), Alyuminiy astatid (AlAt3), oltingugurt bilan Alyuminiy sulfid (A12S3), azot bilan Alyuminiy nitrid (A1N3), uglerod bilan Alyuminiy karbid (A14S3) hosil qiladi. Shuningdek, alohida usulda Alyuminiy bilan vodorod birikmasi — Alyuminiy gidrid (A1N3) olish mumkin. Juda suyultirilgan hamda kontsentrlangan nitrat kislota Alyuminiyga ta’sir etmaydi (sirtida darhol hosil bo’lgan oksid pardasi uni saqlaydi), suyultirilgan va kontsentrlangan sulfat kislotada Alyuminiy qisman eriydi. Vodorod xlorid Alyuminiyga kuchliroq ta’sir etadi, ortofosfat kislota ta’sir etmaydi. Alyuminiyning ko’pgina tuzlari suvda yaxshi eriydi va gidrolizlanib, kislotali reaktsiya ro’y beradi. U ishqorlarda ham yaxshi eriydi, bunda alyuminatlar hosil bo’ladi. Alyuminiy tarkibining sofligiga qarab o’ta sof, juda sof va texnik sof xillarga bo’linadi. O’ta sof Alyuminiy (Alyuminiy 999 markali) 0,001% gacha qo’shimchaga, juda sof Alyuminiy (Alyuminiy 995. Alyuminiy 99, Alyuminiy 97, Alyuminiy 95 markalar) 0,005 dan 0,05% gacha, texnik sof Alyuminiy (A85, A8, A7, A5, AO, A va AE markalar) esa 0,015% dan 1,000% gacha qo’shimchaga ega bo’ladi. Alyuminiy yengil va puxta qotishmalar olishda juda katta ahamiyatga ega. U mis, rux, nikel, magniy, temir, titan qotishmalariga ham legirlovchi element sifatida qo’shiladi. Alyuminiy ba’zi metallarni ularning oksidlaridan qaytarishda (alyuminotermiya) ishlatiladi. Bu metallardan samolyotsozlik, radio va elektrotexnika, rangli metallurgiya hamda boshqa sanoat tarmoqlarida foydalaniladi. Alyuminiy zichligining kamligi, yuqori darajadagi elektr o’tkazuvchanligi, ayrim kimyoviy moddalarga nisbatan chidamliligi va tannarxining arzonligi sababli texnikaning turli sohalarida keng qo’llaniladi. Undan uy-ro’zg’or asboblari, kimyoviy asbob-uskunalar va boshqa ko’pdan-ko’p buyumlar tayyorlanadi. Temir Otaqo’ziyev.