ALYUMINIY NITRAT
ALYUMINIY NITRAT, A1(NO)3 -nitrat kislotaning alyuminiyli tuzi. Oq rombik kristall modda. Alyuminiy gidroksid [A1(on)3] ni nitrat kislotada eritib olinadi. Alyuminiy nitrat kristallogidratlar A1(NO3)3H2O, A1(NO3)3-6H2O va A1(NO3)3 9N2O holdagina barqaror. U 200° gacha qizdirilganda azot oksidlariga va alyuminiy oksidiga ajraladi. Suvda yaxshi eriydi (100 gramm suvda 75,5 gramm), spirtda ham eriydi. Alyuminiy nitrat to’qimachilik sanoatida xurush sifatida, katalizatorlar olishda, neft sanoatida va laboratoriyalarda reaktiv sifatida ishlatiladi.