ALYUMINIYLASH
ALYUMINIYLASH, alitirlash -yuqori temperaturada ishlatiladigan po’lat va cho’yan buyumlarning sirtqi qatlamini 0,02—1,2 millimetrgacha alyuminiyga to’yintirish. Ularning 1100° temperaturagacha kuyindi bardoshliligini va oksidlanishga qarshilik xossasini oshirish maqsadida qilinadi. Bunda alyuminiy oksidlanib, buyumni keyingi oksidlanishdan saqlaydigan oksid parda (A12O3) hosil qiladi. Asosan, kam uglerodli, kamdan-kam hollarda esa o’rtacha uglerodli po’lat, kulrang cho’yan va issiqlik ta’siriga chidamli legirlangan po’lat buyumlar alyuminiylanadi. Bundan tashqari, Alyuminiylashning metallash (detal sirtiga alyuminiy kukuni surkalib, diffuzion yumshatiladi); bo’shatish (detal alyuminiy bo’yog’i bilan bo’yab, diffuzion bo’shatiladi); 700-800° temperaturali alyuminiy eritmasida tutib turish va boshqa usullari bor. Avtomobil dvigatellarining klapanlari, gaz turbinalarining kurak hamda soplolari va boshqalarni tayyorlashda Alyuminiylashdan foydalaniladi.