«AMFIBIYA»

«AMFIBIYA» (Yunoncha amphibios — ikki xil hayot kechiruvchi) — 1) suvda va quruqlikda yura oladigan avtomobil; kuzovi suv o’tkazmaydi, suvda suzganida eshkak vinti yoki suv otuvchi harakatlantirgichi uni yurgizadi; suv ruli yordamida boshqariladi; 2) yerdan va suvdan ko’tariladigan hamda yerga va suvga qo’nadigan, g’ildirakli shassisi bo’lgan samolyot; 3) qorda, suvda, muzda harakatlanishi uchun chang’ili kuzovi o’rniga qayiqchang’i o’rnatilgan aerochana; 4) suvda va quruklikda harakatlanadigan jangovar mashina (tank, bronetransporter va boshqalar).