AMFIBOLIT

AMFIBOLIT — metamorflashgan o’rtacha donador tog’ jinsi. Aksari amfibollar, plagioklazlar va qo’shimcha minerallardan tarkib topgan. Rangi qora, to’q yashil. Amfibolit metamorfizm natijasida o’rta va asosli magmatik jinslar va qisman ba’zi bir cho’kindi jinslardan paydo bo’ladi. O’zbekistonda Buxoro va Farg’ona viloyatlaridagi tog’larda, ayniqsa, Qoraqalpog’istondagi Sulton Uvays tog’larida ko’p uchraydi. Qora rangli turlaridan bezak buyumlar yasashda va binokorlikda qoplama bezak materiali sifatida foydalaniladi.