Amir Temur farzandlari
Alloh taolo Sohibqironga ko’p farzandlar ato etdi. El koriga yaraydigan bo’lib voyaga yetganlari oltita – to’rt o’g’il, ikki qiz.
To’ng’ich o’g’li – 1356 yilda Turmish oqa degan xotinidan tug’ilgan Jahongir Mirzo, valiahd edi. 1376 yilda avji gurkirab turgan yigirma yoshida betoblikdan dunyodan ko’z yumdi. Undan ikki o’g’il – Muhammad Sulton bilan Pir Muhammad Jahongirlar qolganlar.
Qabri Shahrisabzda.
Ikkinchi o’g’il – 1356 yilda To’lun oqa degan ma’shuqasi (kanizagi)dan tug’ilgan Umarshayx Mirzo. 1394 yilda halok bo’lgan. O’ttiz sakkiz yil umr ko’rgan. Oltin o’g’il qolgan: Pir Muhammad Mirzo, Rustam Mirzo, Iskandar Mirzo, Ahmad Mirzo, Sayid Ahmad Mirzo, Boyqaro Mirzo.
Qabri Shahrisabzda.
Uchinchi o’g’il – 1366 yilda Mengli bika oqa degan ma’shuqasidan tug’ilgan Mironshoh Mirzo. 1408 yilda halok bo’lgan. Qirq ikki yil umr ko’rgan. Oltin o’g’il qolgan: Abu Bakr Mirzo, Umar Mirzo, Xalil Sulton Mirzo, Sulton Muhammad Mirzo, Iyjal Mirzo, Suyurg’atmish Mirzo.
Qabri Shahrisabzda. Amir Temur maqbarasida.
To’rtinchi o’g’il – 1377 yilda Tag’oy Turkon oqa degan ma’shuqasidan tug’ilgan Shohruh Mirzo. 1447 yilda vafot etgan. Yetti o’g’il qolgan: Ulug’bek Mirzo, Ibrohim Sulton Mirzo, Boysunqur Mirzo, Suyurg’atmish Mizo, Muhammad Jo’ki Mirzo, Jon O’g’lon, Muhammad Yoriy Mirzo, Ulug’bek Mirzodan boshqa barcha o’g’illar otasidan avval dunyodan o’tganlar.
Qabri Samarqandda, Amir Temur maqbarasida.
Birinchi qizi – Oqa Begi xonim 1359 yilda Turmish oqa degan xotinidan tug’ilgan. Muhamamd ibn Musoga uzatganlar, bu nikohdan Sulton Husayn Mirzo tug’ilgan. 1382 yilda yigirma uch yoshida betob bo’lib olamdan ko’z yumgan.
Qabri Shahrisabzda.
Ikkinchi qizi – Sulton Baxt begim 1362 yilda Uljoy Turkon oqa degan xotinidan tug’ilgan. Amir Muhammad Mirakka uzatadilar, lekin kuyov Sohibqironga qarshi tig’ ko’tarib chiqadi va jangda halok bo’ladi.
Ikkinchi marta Sohibqiron jiyani Amir Sulaymonshohga turmushga chiqadi. 1430 yilda vafot etgan.
Juda ham zur va ajoyib
Zebuniso