Amir Temur maslahatlari: Podshoh qanday bo’lishi kerak?

  • Birinchidan, o’z so’ziga ega bo’lsin, ishini o’zi bilib qilsin…
  • Ikkinchidan, har narsada adolatpesha bo’lsin, qoshida insofli, adolatli vazirlar tutsin…
  • Uchinchidan, mamlakatda buyruq va ta’kidlashlar faqat podshohning ixtiyorida bo’lishi lozim.
  • To’rtinchidan, podshoh o’z qarorida qat’iy bo’lsin.
  • Beshinchidan, podshoh qanday hukm chiqarishidan qat’i nazar, amalga oshirilishi zarur.
  • Oltinchidan, podshohlik ishlarini boshqaga topshirib, erkni unga berib qo’ymasin.
  • Yettinchidan, saltanat yuritishda har kimning so’zini eshitsin, har kimdan fikr olsin, lekin qaysi biri foydali bo’lsa, uni vaqtida ishlatsin.
  • Sakkizinchidan, saltanat ishlarida, sipoh va raiyyatga bog’liq masalalarda boshqalarning so’z va fe’liga qarab ish tutmasin.
  • To’qqizinchidan, podshohning haybati sipohlar va raiyyat ko’nglida shunday o’rnashgan bo’lishi kerakki, uning amr-farmoniga hech kim qarshilik qilishga jur’at etolmasin, itoat va tobe’likda bo’lsin, isyon ko’tarmasin.
  • O’ninchidan, podshoh nima qilsa, o’z ixtiyori bilan qilsin, nima desa o’z so’zida qat’iy tursin.
  • O’ng birinchidan, saltanat ishlarida, hukm yurgizishda o’zini yagona bilib, hech kimni o’ziga saltanat sherigi etmasin.
  • O’n ikkinchidan, majlis ahlidan ogoh va xushyor bo’lsinkim, ular ko’pincha ayb axtarib, tashqariga gap tashiydilar; podshohning so’zidan, ishidan vazirlar va amirlarga xabar berib turadilar.

Fikr bildirish