AMORTIZATOR

AMORTIZATOR (Fransuzcha Amortize — kuchsizlantirish, yumshatish) — mashinalar (avtomobil, samolyot va boshqalar) va inshootlardagi titrashlar hamda zarbiy kuchlardan himoya qilish uchun zarblarni yumshatuvchi qurilma. Amortizatorlarning mexanik (prujinalar, torsionlar, rezinalar), gidravlik, pnevmatik xillari bor. Mashinalarda ressoralar, buferlar, qurilish konstruktsiyalarida poydevor to’shamalari va boshqalar ham Amortizatorlar jumlasiga kiradi.