AMORTIZATSIYA
AMORTIZATSIYA – l) eskirishning qiymatdagi ifodasi bo’lib, asosiy vosita aktivining butun xizmati davomida mahsulot ishlab chiqarish tannarxi va davr xarajatlariga qo shiladigan amortizatsiya qiymatini tizimli ko’rinishda taqsimlash; 2) asosiy fondlar qiymatini astasekinlik bilan ular yordamida ishlab chiqariluvchi mahsulot yoki xizmatlarga o’tkazilishi; mablag’laming maqsadli ravishda jamg’arilishi va keyinchalik eskirgan asosiy fondlarning о’mini qoplashga ishlatilishi. 1. Mashina, asbob-uskuna, bino va shu kabilarning eskirishiga qarab, ularning bahosini kamaytirib borish; ularning shu chegirilgan qiymatini ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxiga qo’shib borish. 2. Alohida shaxs yoki tashkilotning o‘z qarzini asta-sekin, darajama-daraja to’lash majburiyatidan qutulishi; 3. Qarz majburiyatining yo‘qotilishi, o’chirilishi oqibatida uning bekor qilinganligini tan olish.