AMORTIZATSIYA AJRATMALARI
AMORTIZATSIYA AJRATMALARI – ishlab chiqarish jarayonida amal qiluvchi asosiy fondlar qiymatini mehnat mahsulotiga o’tkazishning pul shakli. Amortizatsiya ajratmalari mahsulotning tannarxiga kiradi. Mahsulot sotilganidan keyin tushgan mablag’ning amortizatsiya ajratmalariga teng bo’lgan qismi korxonalar hisob-kitobida pul zaxirasi sifatida jamg’ariladi va korxonalarning amortizatsiya fondini tashkil etadi.