AMU-ZANG KANALI
AMU-ZANG KANALI, Amu-zang mashina kanali— Surxondaryo viloyatidagi sug’orish kanali. Amudaryo o’ng qirg’og’idan, Surxondaryoning quyilish joyidan 16 kilometr yuqoridan suv oladi. Amudaryo suvini zang gidrouzeli yuqori b’yefiga ko’tarib beradi. 1973 yilda qurilgan. Uzunligi 56 kilometr, suv o’tkazish imkoniyati 20 m3/s. Suvni maksimal ko’tarib berish balandligi 77 metr (ikki bosqichda). Kanal tarkibiga ikkita bir xil tipdagi nasos stansiyalari kiradi. Amu-zang 1 nasos stansiyasi suvni daryodan 500 metr uzunlikdagi ta’minlovchi kanal orqali oladi, ko’tarish balandligi 33 metr, 16 nasos agregati o’rnatilgan, umumiy quvvati 10 ming kVt; Amu-zang 2 nasos stansiyasining suvni ko’tarib berish bal. 44 metr, quvvati 12,8 ming kVt. Amu-Zang kanali ishga tushirilishi Surxondaryo viloyatining Janubda zang magistral kanalidan sug’oriladigan 20 ming gektar yerni Amudaryo suvi bilan sug’orish imkoniyatini yaratdi.