ANADIR
ANADIR – Rossiya Federatsiyasidagi shahar (1965 yildan), Chukotka Muxtor okrugi markazi. Anadir qo’ltig’i sohilidagi port. Aholisi 16,5 ming kishi (1992). Oziq-ovqat korxonalari, o’lkashunoslik muzeyi bor. Anadir atrofidan kumir, oltin qazib olinadi. Bug’uchilik rivojlangan, baliq ovlanadi.