ANDAZA

ANDAZA (forscha — o’lchov, qolip) — namuna, nusxa. Qog’oz, karton va hokazolardan maxsus tayyorlanadi. Matodan kiyim, charmdan poyabzal bichish kabi ishlarda shakl ko’chirish uchun ishlatiladi. Andazaning turlari ko’p. Chunonchi: a) libos da old Andaza, orqa Andaza, eng Andaza, yoqa Andaza, ko’krak Andaza; 6) poyabzalda qo’nj Andaza, sog’ Andaza, betlik (bosh) Andaza, gulchin Andaza, tagcharm Andaza, poshna Andaza va hokazolar. Andaza olish, tayyorlash yoki Andazalash — kiyim bichiladigan gazlamaning ustiga Andaza shaklini tushirish; Andaza qirqish — belgilangan chiziqlar ustidan qaychi bilan qirqish. Kashtachilikda qog’oz yoki kartondan chizmakash, rassom chizgan naqshga muvofiq qirqib tayyorlangan gul ham Andaza deb ataladi.