ANDERRAYTER
ANDERRAYTER (inglizcha underwriter) – 1) yangi chiqarilgan qimmatbaho qog’ozlar (aktsiya, obligatsiya va boshqalar) ning muayyan miqdorini sotib olib, keyinchalik uni investorlarga sotish yo’li bilan joylashtirish majburiyatini oladigan kafil; 2) sug’urta ishida sug’urta kompaniyasi tomonidan xatarning barcha turlarini sug’urtalash (qayta sug’urtalash)ga vakil qilingan shaxs. Anderrayter sug’urta portfelining shakllanishiga javob beradi.