ANDIJON QO’G’IRCHOQ TEATRI
ANDIJON QO’G’IRCHOQ TEATRI, Andijon viloyat «Lola» qo’g’irchoq teatri — bolalar teatri. 1968 yil aprelda Respublika davlat qo’g’irchoq teatri kishidagi studiya bitiruvchilari asosida tashkil bo’lgan. Teatr o’zbek va rus guruhidan iborat. Teatr qisqa vaqt ichida o’z ijodiy yo’li va uslubiga ega bo’ldi. «Shavkatning sarguzashtlari», «Buyuk qurbaqacha», «Malaxit quticha», «Alpomish», «Toshkent— 66» kabi spektakllar sahnalashtirildi. Teatr sahnasidan «Ustabilarmon Timcho», «Shoh va tegirmonchi», «Quvnoq xo’rozchalar» kabi chet el asarlari o’rin oldi. 80-yillar teatr bolalarni do’stlikka, halollikka, vatanparvarlikka undovchi asarlarni sahnalashtirdi. «Bahromning merosi», «O’tkir shoxli buqacha», «Do’st bola va o’z bola», «Shahzod va Qunduz», «Oltin jo’jacha» va boshqalar shular jumlasidan. «Men endi kattaman», «Aldoqchi qarg’a», «Kotik va Motik», «Shoh laylak» kabilar ham teatrning eng yaxshi spektakllaridan. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artistlar B. Jabborov, L. Aysina, artistlardan M. Yo’ldosheva, L. Nikolskaya, 3. Mamasiddiqov, F. Sayislomova, A. Cho’qqiyev kabi aktyorlar ijod qilmoqdalar. «Oltin delfin» xalqaro festivalida teatr bronza medali sovrindori bo’lgan (Varna, 1981). Teatrning badiiy rahbari — B. Jabborov (1997).