ANDIJON «TOJMETALL»

ANDIJON «TOJMETALL» Aktsiyadorlik jamiyati – paxta tozalash sanoati mashinasozligi korxonasi. Andijon shahrida joylashgan. «O’zmashsanoat» uyushmasi tarkibiga kiradi. 1992 yilda «Kommunar» mexanika zavodi tarzida tashkil etilgan. 1997 yil oktabrdan hozirgi nomda va ochiq turdagi aktsiyadorlik jamiyati. Paxta tozalash zavodlari uchun texnologik jihozlar va mashinalar (bunt buzgichlar, tola tozalash mashinalari, linterlar, chigitdan tolani ajratadigan (jin) mashinalari uchun arralar, sanoat ventilyatorlari), asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar, xalq iste’moli tovarlari ishlab chiqaradi. Korxonada ishlab chiqariladigan texnologik liniyalar va boshqa mahsulotlar MDHdagi Paxtakor mamlakatlarga eksport qilinadi.