ANDREYEV LEONID VLADIMIROVICH

Ma’nosi

ANDREYEV LEONID VLADIMIROVICH (1983.6.10, Toshkent) — yengil atletikachi, xalqaro miqyosdagi sport ustasi (2002), «O’zbekiston iftixori» (2002). O’spirinlar o’rtasida O’zbekiston (2002), langarcho’p bilan sakrash bo’yicha Osiyo (2002, Bangkok), o’n kurash bo’yicha jahon (2002, Kingston) chempioni. Erkaklar o’rtasida langarcho’p bilan sakrash bo’yicha O’zbekiston chempionati g’olibi (2003). Andreyev Toshkentdagi respublika Olimpiya zaxiralari kollejini tugatgan (2002), Toshkent agrar universitetida o’qiydi (2005).

O‘xshash so‘zlar

Qo'shimcha harflar: barcha so‘zlar