ANFILADA

ANFILADA (Fransuzcha enfilade) — to’g’ri chiziq bo’yicha bir-biri bilan tutashgan qator xonalar. Ularning eshiklari ham bir o’q bo’ylab joylashgan bo’lib, bu eshiklar ochiq turganida bino uzaygandek tuyuladi. Anfilada ko’proq barokko va klassisizm uslubidagi saroy va muzey binolariga xos.