ANGARA
ANGARA — Rossiya Federatsiyasining Irkutsk viloyati va Krasnoyarsk o’lkasidagi daryo. Eniseyning eng sersuv irmog’i. Uzunligi 1779 kilometr. Havzasining maydoni 1,040 ming kilometr kvadrat. Baykal ko’lidan oqib chiqadi. Asosiy irmoqlari: o’ngdan — ilim, chapdan — Irkut, Belaya, Oka, Taseeva. Qor va yomg’irdan suv oladi. Quyilish yerida o’rtacha suv sarfi 5100 m3/sek. Quyi oqimida oktabr — noyabrda, Bratsk suv omborida noyabr-dekabrda muz bilan qoplanadi. Mayning 1-yarmidan muz eriy boshlaydi. Angaraning boshlanishidan quyi qismigacha suv omborlari kaskadi qurilgan. Angarada Irkutsk, Bratsk, ust-ilim GESlar ishlab turibdi, Boguchani GES qurilmoqda (1994). Angara boshlanish joyidan kemalar muntazam qatnab turadi. Asosiy pristanlari: Irkutsk, Angarsk, Balagansk, Bratsk. Angarada baliq ko’p.