ANOMIK GURUHLAR

ANOMIK GURUHLAR — manfaatli guruhlarning xarakteri va uyushkoklik darajasiga ko’ra bo’lingan turlaridan biri. Anomik guruhlar stixiyali tarzda paydo bo’ladigan va yemiriladigan guruhlardir. Ular uzoq yashamaydilar, tashkiliy jihatdan tarqoq va davlat organlari bilan muntazam aloqada bo’lmaydilar. Anomik guruhlarga stixiyali paydo bo’ladigan mitinglar, namoyishlar, boshqa norozilik aksiyalari ishtirokchilarining guruhlari misol bo’la oladi. Ko’pincha ularning harakati kuch ishlatish, majbur qilish shaklini oladi.