ANTRASIT
ANTRASIT (Yunoncha anthrakitis — ko’mir turi) — kuchli metamorflashgan qazilma ko’mir. Toshko’mirlar jumlasiga kiradi. Qora, yaltiroq, ba’zan kulrang va sarg’ish tusda tovlanadi. Mineralogik shkala bo’yicha qattiqligi 2,0 — 2,5, organik massa zichligi 1500 — 1700 kg/ m3; organik massaning yonish issiqligi 33,9 – 34,8 MJ/kg (8100 – 8350 kkalg’kg); analitik namligi 1 — 3%, yonuvchi massada 9% uchuvchan modda, 97 foizgacha uglerod, 3 foizgacha vodorod bor. Dunyodagi ko’mir zaxirasining 3 foizini tashkil etadi. Asosan Donbass (Ukraina), Kuzbass (Rossiya) da, AQSh, Xitoyda qazib chiqariladi. Antratsin o’zidan elektr tokini yaxshi o’tkazganligi uchun undan elektrodlar tayyorlanadi. Antrasit asosan yuqori darajali yoqilg’i sifatida metallurgiyada ishlatiladi.