APATIYA

APATIYA (yun. apatheia – loqaydlik, e‘tiborsizlik, beparvolik) — siyosiy loqaydlik, siyosiy voqea-hodisalarga nisbatan befarqlik. U siyosiy jarayonlarga ta‘sir ko’rsatish imkoni va qobiliyati yo’qolganida tug’iladi.