APLANAT
APLANAT (Yunoncha anlanetos — xatosiz, og’ishmaydigan) — simmetrik joylashgan ikkita bir xil axromatik linzadan iborat fotoob’yektiv. Aplanat linzalarining tuzilishi va tarkibi tasvirning sferik va xromatik abberasiya natijasida buzilib chiqishiga yo’l qo’ymaydi, ammo astigmatizm hodisasini bartaraf qila olmaydi.