APOLITIZM

APOLITIZM (grek. a – inkor qiluvchi qo’shimcha va polis – siyosat) — siyosatga, ijtimoiy hayotda ishtirok etishga befarq yoki beparvo qarash. Siyosatdan yiroqlik, siyosatdan uzini olib qochish, ijtimoiy-siyosiy hayotdan chetda turish, siyosatga aralashmaslik. Saylovchilarning ko’p qismining vakolatli organlarga saylovlarda ishtirok etishdan bosh tortishi Apolitizmning ko’rinishlaridan biridir.