APOLLONIY PERGAYOS

APOLLONIY PERGAYOS (miloddan avvalgi 265 — 170) — yunon matematigi va astronomi. Asosiy asari «konus kesimlar» bo’lib, uning yunon tilidagi 4 va Arab tiliga tarjima qilingan 3 kitobi saqlanib qolgan; 8 kitobi yo’qolgan. Apolloniy ellips, parabola va giperbola chiziqlari doiraviy konusni tekislik bilan kesish natijasida hosil bo’lishini birinchi bo’lib aytgan hamda ularning xossalarini mufassal tekshirgan. Apolloniy sayyoralarning ko’rinma harakatini tushuntirib bergan, episikllar nazariyasini yaratgan. Apolloniyning ishlari astronomiya, mexanika, optika, analitik geometriya va boshqa fanlarning rivojlanishida katta rol o’ynaydi.