APPROKSIMATSIYA

APPROKSIMATSIYA (lotincha approximara — yaqinlashtirish) — matematik miqdorlarni ulardan soddaroq miqdorlar orqali taqribiy ifodalash. Ko’pincha, egri chiziqlarni siniq chiziqlar, irratsional sonlarni ratsional sonlar, funktsiyalarni ko’phadlar yoki yaqinlashtiradigan turli sodda apparatlar orqali istalgan darajadagi aniqlikda Approksimatsiyalanadi.