AQCHA

AQCHA — o’tmishda Turkistonda savdo-sotiq, to’lov muomalalarida narx, baho, qiymat o’lchovi bo’lgan pul birligi. Aksariyat hollarda Aqcha kumushdan zarb qilingan. Kumushning rangi oq bo’lganligi uchun ham, mazkur pul birligi Aqcha deb nomlangan; ya’ni aq (oq) — cha. Ilk marta Aqcha istilohi Bariq daryosi havzasidan topilgan qadimgi turkiy bitik tosh matnida qayd etilgan.