Aqrab

Aqrab (arabcha aqrab – chayon) – 1) Zodiak zonasidagi yulduzlar turkumi; 2) Quyosh hisobidagi (Shamsiya) yilning sakkizinchi oyi, 22-oktyabrdan 22-noyabrgacha davom etadi. Bu vaqtda Quyosh osmon sferasida shu yulduzlar turkumidan o`tadi.