ARAVON SVITASI

ARAVON SVITASI — devon davrining Eyfel yarusiga mansub svita. Birinchi marta 1954 yilda G. A. Kaleda mustaqil svita sifatida ajratgan. Aravonsoy nomi bilan atalgan. Bazalt, gil va qumtoshli slaneslar, braxiopodali ohaktoshlardan iborat. Qalinligi 1000 — 2000 metr. Chile va Toldiq soylari oralig’ida, Qorachatir tizmasida va Uchqo’rg’on effuziv jinslari mintakasida uchraydi.