ARBORISIDLAR

ARBORISIDLAR (lotincha arbor — daraxt, caedo — o’ldiraman) — begona daraxt-butalarni yo’qotishda qo’llaniladigan kimyoviy preparatlar. Gerbitsidlar guruhiga kiradi. Arborisidlar yaylov va pichanzorlarda hamda yangi yerlarni o’zlashtirishda nokerak daraxtlar, tikanli butalarni ildizi bilan quritishda qo’llaniladi.