ARBUZOV ALEKSANDR ERMININGELDOVICH

ARBUZOV ALEKSANDR ERMININGELDOVICH (1877.30.8 – 1968.20.1) – organik kimyogar, akademik (1942), Qozon universiteti professori (1911 — 30), Qozon kimyo-texnologiya instituti professori (1930 — 45), sobiq Ittifoq Faning Qozon filiali raisi (1945 – 63). Fosfat kislota va uning efirlari tuzilishini aniqlagan, shu kislota o’rta efirlarining qayta guruhlanishini kashf etgan, bu reaktsiya fosfororganik birikmalar olishning muhim usullaridan biri bo’lib, Arbuzov reaktsiyasi deb ataladi.