ARCHA KO’MIR

ARCHA KO’MIR — archa daraxtidan tayyorlangan yoqilg’i. Bunda archa g’o’lalar ko’ralarga solib kuydiriladi. U cho’g’holiga kelganda ko’ra og’zi somonli loy bilan suvalib, 10-15 kun shu holda saqlanadi. Archa ko’mirdan asosan hunarmandchilikda temirchilar, miskarlar, zargarlar turli xil asboblar yasashda foydalanadilar.