Ardenna ot zoti nimani anglatishini bilasizmi

Ardenna ot zoti nimani anglatishini bilasizmi – og’ir yuk tortuvchi ot zoti. Belgiyaning janubiy va Fransiyaning shimoli-sharqidagi Ardenna tog’li rayonida (nomi shundan) chiqarilgan. Ardenna ot zotining tirik vazni 600-700 kg, balandligi 148-160 sm, ko’krak aylanasi 190-210 sm, pochasining yo’g’onligi 20-23 sm atrofida. Rossiyaga XIX asrning o’rtalarida keltirilgan. Ardenna ot zoti asosida rus og’ir yuk tortuvchi ot zoti hamda Boltiqbo’yi ot zoti yaratilgan. Avstriya, Vengriya, Argentina, Chilida ham boqiladi. Ardenna ot zoti tez yetiluvchan, shuningdek, o’ta chidamli, ozuqa tanlamaydigan otlardan hisoblanadi.

Fikr bildirish