ARIABHATA

ARIABHATA (476 – ?) – hindistonlik falakiyotshunos va riyoziyotchi. Astronomiya va matematikaga oid «Ariabhatiam» asarining muallifi. Asarda astronomik hisob uchun zarur qisqa matematik ma’lumotlar berilgan, sonlardan kub va kvadrat ildiz chiqarish yo’llari ham ko’rsatilgan.

«ARIABHATA» — birinchi hind yer sun’iy yo’ldoshi. 1975 yil sovet eltuvchi raketasi yordamida orbitaga chiqarilgan. Massasi 358 kilogramm. Ariabhata sharafiga shunday atalgan.