ARISTOKRATIYA
ARISTOKRATIYA (yun. aristokratia – yaxshilar hokimiyati) — 1) iqtisodiy hukmron sinf, zodagonlarning siyosiy hokimiyati, hukmronligi. Aristokratiya birinchi marta antic davrning mashhur mutafakkirlari – Aristotel, Platon tomonidan quldorlik davlat tuzumini idora etish vositasi sifatida ishlab chiqilgan; 2) quldorlik va undan keyingi ilk davlatlarda eng imtiyozli tabaqa. U alohida huquq va imtiyozlardan foydalanadi, siyosiy ta‘sirga ega bo’ladi.