ARIYA
ARIYA (italyancha aria) —opera, oratoriya yoki kantatapat tugallangan lavha. Odatda orkestr jo’rligida xonanda tomonidan ijro etiladi. Opera dramaturgiyasida dramadagi monologga teng keladi. Qo’shiq va romansga nisbatan birmuncha murakkab, ko’p qismdan tuzilgan. Badiiy vazifasi — opera qahramonining ruhiy kechinmalari va intilishini ochib berish. Shu bois keng ohangdorligi bilan ajralib turadi. Ko’pincha, orkestr muqaddimasi bilan boshlanadi, ba’zan undan oldin rechitativ keladi. Arietta, ariozo, kavatina, kabaletta va boshqalar. Ariya turiga mansub. Ba’zan tabiatan kuychan cholg’u asarlar ham Ariya deb ataladi (I. S. Bax Ariyalari). O’zbekiston kompozitorlari turli Ariyalarni, asosan opera, musiqali drama va komediya hamda oratoriya janrlarida (ayrim o’rinlarda cholg’u Ariyalarni) qo’llashadi. Ilk o’zbek musiqali dramalari («Layli va Majnun», «Farhod va Shirin») va ular zaminida yaratilgan shu nomdagi operalarga maqom (ba’zan ashula va katta ashula) larga asoslangan Ariyalar kiritilgan. Ad.: Gafurbekov T., Makomi v uzbekskoy muzikalnoy Drame i opere. — Professionalnaya muzika ustnoy Tradisii narodov Blijnego, Srednego Vostoka i sovremennost, T., 1981; Pekker ya, Uzbekskaya opera, M, 1984. To’xtasin Gafurbekov. 2367941