ARKTUR
ARKTUR — Ho’kizboqar yulduz turkumining eng ravshan va bizga eng yaqin yulduzi, 0-kattalikda (a). Osmonning Shim. yarim sharidagi 3 ta eng ravshan yulduzlardan biri. Arkturning yerdan uzoqligi 25 yorug’lik yiliga teng. O’zbekistonda qish, bahor va yozda ko’rish mumkin.