ARTEMENKO LYUBOV VLADIMIROVNA

ARTEMENKO LYUBOV VLADIMIROVNA (1946.8.11, Qirg’izistonning Alamadin tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (2001). Qirg’iziston universitetini tugatgan (1969). 1969 yildan Frunze (hozirgi Bishkek) sh.ahridagi 4-, 1971 yildan Zarafshon sh.dagi 2-maktabda matematika o’qituvchisi, o’quv bo’limi mudiri (1973-84, 1987-90), 3-maktab direktori (1984-86 va 2002 yildan), 1986 yildan 8-maktabda matematika o’qituvchisi, direktor.