ARTILLERIYA TAYYORGARLIGI

ARTILLERIYA TAYYORGARLIGI – hujum oldidan dushmanning o’t ochish vositalari, jonli kuchlar, mudofaa inshootlari va boshqa nishonlarni artilleriyadan o’t ochib yo’q qilish, vayron etish. Artilleriya tayyorgarligi jangning umumiy maqsadiga, dushman mudofaasining quvvatiga, hujum qiluvchi qo’shinlar ixtiyoridagi artilleriya va o’qdori zaxirasiga qarab belgilanadi. 1-jahon urushidagi janglarda Artilleriya tayyorgarligi ko’pincha bir necha kun davom etgan. Artilleriya tayyorgarligining bu tariqa uzoq davom etishi dushmanga bexosdan hujum qilishga imkon bermas edi. 2-jahon urushida qo’llanilgan Artilleriya tayyorgarligi 15 minutdan to bir necha soatgacha davom etgan. Bu vaqt xujum usuliga, dushman mudofaasining kuch va xarakteriga, qo’shinlarning qurol-aslaha va snaryad bilan ta’minlanganlik darajasiga bog’liq bo’lgan.