ARXEOLOGIYA XARITAGRAFIYASI
ARXEOLOGIYA XARITAGRAFIYASI — tarixiy xaritagrafiyaning maxsus tarmog’i; arxeologiya ma’lumotlari asosida turli xildagi tarixiy voqea va hodisalarni grafika asosida xaritaga tushirish. Arxeologiya xaritagrafiyasi tuzishda: a) arxeologik madaniyatlarning joylashuvini ko’rsatish; b) arxeologik madaniyatlarning va etnik guruhlarning o’zaro aloqasi, bir-biriga ta’siri va bir joydan ikkinchi joyga kuchishini o’rganib, xaritada belgilash; v) ishlab chiqarish turlari, qishloq xo’jalik ekinlari joylashgan va tarqalgan tumanlar, qadimgi sug’orilgan yerlar va irrigatsiya inshootlari va boshqalarni aniqlab berish; g) qadimgi savdo yo’llarini, mamlakat yoki xalqlar o’rtasidagi ijodiy aloqalarni o’rganib, xaritaga tushirish; D) o’tmishdagi ijtimoiy hodisalarning geografik faktlar bilan aloqasini o’rganish va xaritada ko’rsatish. Arxeologiya xaritagrafiyasi 19-asr o’rtalarida paydo bo’ldi. 20-asrda esa Arxeologiya xaritagrafiyasi kengayib, qadimgi xalqlarning madaniyati, yashagan joylari to’g’risida bayon etuvchi tematik va tipologik xaritalar, boshqa arxeologik, paleoetnografik ma’lumotlarni o’z ichiga olgan xaritalar paydo bo’ldi. Arxeologiya xaritagrafiyasida arxeologiya yodgorliklarining geografik jihatdan joylanishini aniqlash va xaritaga tushirish bu ob’yektlarni muhofaza etish va tadqiq qilish imkonini beradi.