ARZON PULLAR SIYOSATI

ARZON PULLAR SIYOSATI – mamlakatda pul miqdorini oshirish siyosati. U mamlakatda ishlab chiqarish quwatlari to’liq foydalanilmayotgan va ishsizlik miqdori oshishi sharoitida Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu siyosat kreditni arzon, uni olishni esa oson qilib, pul taklifining oshishiga sharoit yaratadi. Buning uchun esa bank va aholidan ochiq bozorda davlat qimmatli qog’ozlarini sotib olish, zaxira me’yori va hisob stavkasini pasaytirishdan foydalanadi. Pul taklifini oshirish foiz stavkasini pasaytiradi, investitsiyalarning ko’payishi va tadbirkorlik faoliyatining yanada jonlanishiga sharoit yaratadi.