ASAD IBN ABDULLOH

ASAD IBN ABDULLOH — Arab xalifaligining Xurosondagi noibi (724— 727 va 735-738). Xalifa Ma’mun Abdullohning o’g’li. Yer egalari (dehqonlar) orasida obro’si baland bo’lgan. Somoniylar ajdodi Somonxudot xalifa Ma’mun qo’lida Islomni qabul qilgani sharafiga o’z o’g’lini Asad deb atagan. Asad ibn Abdulloh Toxariston hokimlari va unga ittifoqchi bo’lgan turkiy qabilalar, shuningdek Horis ibn Surayj boshchiligidagi isyonkorlarga qarshi samarali kurash olib borish maqsadida urushlarda vayron bo’lgan Balxni tiklatib (736), uni o’ziga qarorgoh qilgan.