ASADIY TUSIY ABU MANSUR ALI IBN AHMAD
ASADIY TUSIY ABU MANSUR ALI IBN AHMAD (11-asr) — shoir va tilshunos. Ozarbayjonda yashab, fors tilida ijod etgan. Uning xalqog’zaki ijodi yo’lida yozilgan 9000 baytdan iborat «Gershaspnoma» (1066) dostoni mavjud. Fors tilining eng qadimgi izohli lug’ati «Lug’ati fors» (1060) ham Asadiy Tusiy qalamiga mansub. Bu lug’atda Rudakiyning «Kalila va Dimna», Unsuriyning «Vomiq va Azro» kabi asarlaridan ayrim baytlar keltirilgan. Asadiy Tusiy fors adabiyotida munozara janrini boshlab bergan shoir. Uning «Yer va osmon», «Kecha va kunduz», «Nayza va kamon», «Musulmon va kofir», «Arab va Ajam» kabi besh munozarasi hozirgacha saqlangan.