ASFALT-BETON

ASFALT-BETON — chaqiq tosh, qum, mineral kukunlar va bitum aralashma sidan iborat qurilish materiali. Aralashtirishdan oldin ular 100-160° temperaturagacha qizdiriladi. 120° dan past bo’lmagan temperaturada yotqiziladigan va zichlanadigan bitumli qaynoq Asfalt-beton, 40-80° temperaturada zichlanadigan va kam qovushoq issiq Asfalt-beton, havo temperaturasida (10° dan yuqori temperaturada) zichlanadigan suyuq bitumli sovuq Asfalt-beton; yirik, o’rta, mayda donachali va qumli Asfalt-betonga bo’linadi. Avtomobil yo’llariga, sanoat binolari pollariga, tomlarga to’shash va boshqalar uchun ishlatiladi.